AsosiyJamiyat

Hokimlik Jahongir Ortiqxo`jaevni TVda ko`rsatmaslik to`g`risidagi xabar yolg`onligini bildirdi

'Hokimlik Jahongir Ortiqxo`jaevni TVda ko`rsatmaslik to`g`risidagi xabar yolg`onligini bildirdi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki Milliy teleradiokompaniya rahbariyati Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo`jaevni televidenie orqali ko`rsatilmaslik to`g`risida topshiriq olganligi haqida tarqalgan xabar haqiqatdan yiroq ekanligini rasman bayon etdi.

Hokimlik matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bildirilishicha, Toshkent shahar hokimi ishtirokidagi lavha yoki maqolalarni ommaviy axborot vositalarida ko`rsatishga hech qanday taqiq mavjud emas.

“Shu sabab, Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan yolg`on ma`lumotlarga e`tibor bermasliklarini so`raydi. Boz ustiga, ushbu ma`lumot “feyk” (haqiqiy egasi kimligi noma`lum) akkauntdan tarqatilmoqda”, - deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar