AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi baliq turlari etishtiriladi

'O`zbekistonda yangi baliq turlari etishtiriladi'ning rasmi

2018 – 2021 yillarda baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan 2018 – 2021 yillarda baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturda intensiv usullarda baliq etishtirishni joriy etish, ilmiy-texnik grantlar ajratish, venger karpi, tilyapiya, laqqasimon, kamalak foreli, qora sazan kabi yangi baliq turlarini etishtirish belgilandi.

Shuningdek, dasturda Astraxan davlat texnika universitetining filialini ochish, Xitoyning Baliqchilik Fanlar akademiyasi bilan birgalikda O`zbekiston hududida Qizil kitobga kiritilgan “Turkiston mo`ylovdori” populyasiyasini ko`paytirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari Turkiyaning “Chuchuk suvlar baliqchiligi” instituti bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish belgilandi.

    Boshqa yangiliklar