“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti tomonidan “Yil ayoli – 2018” milliy tanlovi o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Tanlov mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o`z hissasini qo`shayotgan, jamiyat hayotida faol, har tomonlama ibratli temiryo`lchi ayollarni aniqlash, ularning ilg`or hayoti va ish tajribasini ommalashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tanlov yakuniga ko`ra, Gran-pri Toshkent temir yo`l muhandislari instituti katta o`qituvchisi Nodira Xo`jaevaga topshirildi. «Toshkent yo`lovchi vagonlarni qurish va ta`mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati bosh mutaxassisi Saida Mustafaeva birinchi, Samarqand temir yo`l transporti kasb-hunar kolleji direktori o`rinbosari Iroda Pardaeva ikkinchi va Qo`ng`irot mintaqaviy temir yo`l uzeli muhandisi Parshagul Abduqodirova uchinchi o`rinni egalladi. Shuningdek, “Yilning eng namunali boshlang`ich tashkiloti raisi”, “Yilning eng bilimli pedagog ayoli”, “Yilning eng fidoyi tibbiyot xodimi”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “O`z kasbining ustasi bo`lgan yil ayoli”, “Korxona faxri bo`lgan yil ayoli”, “Xotin-qizlar o`rtasida sport va sog`lomlashtirish yo`nalishidagi faolligi uchun”, “Yilning eng kuchli ma`naviy-ma`rifiy targ`ibotchisi” nominasiyalari bo`yicha ham g`oliblar aniqlandi.

G`olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.






