AsosiyJamiyat

TIV Janubiy Koreyada kaltaklangan o`zbekistonlik talaba haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

'TIV Janubiy Koreyada kaltaklangan o`zbekistonlik talaba haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Koreyada o`zbekistonlik talaba mahalliy immigrasiya xizmati xodimlari tomonidan kaltaklanganiga nisbatan munosabat bildirdi.

“2018 yilning 16 iyul kuni Kyongsang provinsiyasida (Koreya Respublikasi) mahalliy immigrasiya organlari xodimlari va O`zbekiston fuqarosi o`rtasida yuz bergan mojaro haqida qator Janubiy Koreya va O`zbekiston OAVda tarqatilgan maqolalar munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti mazkur masala yuzasidan O`zbekiston Respublikasining Seul shahridagi Elchixonasi konsullik bo`limiga hech qanday murojaat kelib tushmaganini xabar qiladi.

Biroq OAV xabarlarini inobatga olib, Elchixona tomonidan mazkur masalaning barcha jihatlarini o`rganish choralari ko`rilmoqda. Mavjud holat bilan tanishish va zaruriyat tug`ilganda, konsullik-huquqiy yordam ko`rsatish uchun Chxonvon shahriga (Seul shahridan 400 km uzoqlikda joylashgan) Elchixonaning konsullik xodimi jo`natildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, Janubiy Koreya immigrasiya xizmati xodimlari tomonidan o`zbekistonlik talaba kaltaklangani va mashinaga solib olib ketilgani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar