AsosiyJamiyat

Toshkent vokzalida xorijlik sayyohlar uchun “yashil yo`lak“ joriy qilindi

'Toshkent vokzalida xorijlik sayyohlar uchun “yashil yo`lak“ joriy qilindi'ning rasmi

Toshkent Markaziy vokzalida “yashil yo`lak” joriy etildi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” matbuot xizmati ma`lum qildi.

Endilikda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar vokzalda tashkil etilgan “yashil yo`lak” orqali harakatlanish imkoniyatiga ega. Sayyoh mazkur yo`lakdan o`tganda, hujjatlarni rasmiylashtirish, bojxona ko`rigidan o`tish kabi jarayonlar tez va sifatli amalga oshiriladi.

“Bu ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, vaqtni tejash va mijozlarga sifatli xizmat ko`rsatishga zamin yaratadi“, - deyiladi kompaniya xabarida.

    Boshqa yangiliklar