Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimovning 2018 yil 1 avgustdagi qarorlariga muvofiq, Nurqulov Abdumajid Alibekovich viloyat hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shu paytgacha bu vazifada Kamoliddin Qurbonov ishlab kelayotgan edi.
Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib Shukurov Akmal G`ayratovich tayinlandi.
1 avgustga qadar Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Munis Voseev o`rnida endilikda Nurullaev Botirjon O`tkirovich faoliyat ko`rsatadi. Bu haqda O`zA xabar berdi.






