Chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalarni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun davlat boji miqdori uch baravargacha kamaytirildi.
Bu Prezidentimizning kuni kecha e`lon qilingan “O`zbekiston Respublikasida investision muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida” gi farmonida belgilandi, deb xabar bermoqda O`zA.
Mazkur hujjat bilan yana quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda:
Chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalar ustav fondida chet el investisiyalarining minimal miqdori 30 foizdan 15 foizgacha tushirildi;
Chet el investisiyasi ishtirokidagi korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy yuridik shaxs bo`lishi shartligi haqidagi talab bekor qilindi (jismoniy shaxs ham ishtirokchi bo`lishi mumkin);
Chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalar ustav fondining minimal miqdori 600 million so`mdan 400 million so`mgacha tushirildi;
Aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining minimal miqdori 400 million so`m (ilgari 1 mlrd. 600 mln. so`m) qilib belgilandi;
Eksport kontraktlari kontrakt tuzilgan kunda “O`zagroeksport” AJ e`lon qilgan narxlardan past bo`lmagan narxlar bo`yicha tuzish, shuningdek, eksport kontrakti tuzmasdan invoys asosida o`tkaziladigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxonada bojxona yuk deklarasiyasi ro`yxatga olinadigan kunda “O`zagroeksport” AJ rasmiy veb-saytida qayd etilgan narxlardan past bo`lmagan narxlar bo`yicha rasmiylashtirish tartibi bekor qilindi.






