AsosiyJamiyat

Toyloq tumani hokimi o`zgardi

'Toyloq tumani hokimi o`zgardi'ning rasmi

1 avgust kuni xalq deputatlari Toyloq tumani kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Sessiyada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ismoilov va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etdi va so`zga chiqdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi.

Bahodir Sa`dullaev Pastdarg`om tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani munosabati bilan Toyloq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

2014 yil sentyabr oyidan buyon «Agrobank» Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig`i vazifasida ishlab kelgan Bahodir Bobonazarov Toyloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar