Aktyor va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger o`zining shaxsiy tankida limuzinni pachoqladi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Ushbu video Make It dasturi uchun suratga olingan. Shvarsenegger ko`rsatuv boshlovchisi bilan Arniga tegishli 46 tonnali M47 Patton II tankiga o`tirib, osongina to`qqiz metrli Lincoln TownCar limuzinining ustidan yurib pachoqlab tashlashdi.
Arnining aytishicha, bunday turdagi tanklar 1950 yillari AQShda Koreya urushi uchun chaqirlgan ekan. “Terminator” aynan shunday tankni Avstriya armiyasida xizmat qilayotganda boshqargan ekan.






