Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida Saudiya Arabistonining Ajlan & Bros. kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 31 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida Ajlan & Bros. kompaniyasi vakillari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda elektron tijorat, onlayn to`lov, raqamli savdo maydonchalari uchun "aqlli tizim"larni ishlab chiqarish yo`nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

“Kompaniya faoliyatini xalqaro bozorga olib chiqib maqsadida ayni kunlarda uzoq muddatli va barqaror aloqalar o`rnatish uchun ishonchli hamkorlarni izlayapmiz. O`zbekistonda xorijiy kompaniyalarning faoliyat ko`rsatishi uchun mavjud sharoitlarni hisobga olib, biz bu erda loyihalarimizni amalga oshirish imkoniyatlarini o`rganmoqdamiz”, - dedi Ajlan & Bros. kompaniyasi bosh menejeri Muhammad Alhas.
Tomonlar aloqalarni ishchi tartibda davom ettirishga kelishib oldilar.






