AsosiyJamiyat

Navoiyda soxta ichki ishlar idorasi xodimi qo`lga olindi

'Navoiyda soxta ichki ishlar idorasi xodimi qo`lga olindi'ning rasmi

Navoiyda IIB xodimlari hushyorligi va e`tiborliligi tufayli soxta ichki ishlar idorasi xodimi “faoliyati”ga chek qo`yildi.

Asli nurotalik ushbu shaxs 1996 yilda “Avazsoy” mahalla fuqarolar yig`inida tug`ilgan bo`lib, “Akvato`dako`l” MJChda nazoratchi sifatida ishlab kelgan.

— “Soxta xodimning” ichki ishlar idorasi xodimlarining kuz-qish mavsumiga mo`ljallangan engi uzun kiyimda yurganligi xodimlarimizning e`tiborini tortadi, — deydi viloyat IIB matbuot guruhi rahbari O`ktam Usmonov. – Navoiy shahridagi savdo nuqtalaridan birida navbatdagi qing`ir ishini amalga oshirayotgan chog`ida qo`lga olindi. Uning yonidan ichki ishlar idorasi xodimining soxta guvohnomasi ham topildi.

"Xalq so`zi" nashri xabariga ko`ra, ayni chog`da mazkur ish yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar