Nabiev Dilmurod Hamidullaevich O`zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq so`zi” nashri xabar berdi.
Nabiev bundan biroz muddat avval lavozimini tark etgan Shoakram Isroilov o`rnini egallaydigan bo`ldi.
Dilmurod Nabiev 2017 yilning iyunidan buyon O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgandi. Bungacha esa u 2014-2016 yillar davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo`yicha Davlat maslahatchisi o`rinbosari 2016-2017 yillarda esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta`lim, ilm-fan va yoshlar siyosat masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning fevralida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi raisi Rustam Qurbonov lavozimni tark etib, O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O`FFning sobiq vise-prezidenti Shoakram Isroilov uning o`rnini egallagan, mart oyi boshida qo`mita negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilgan, Isroilov vazirlikning birinchi rahbari bo`lgandi.






