Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22, kunduzi 35-37 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 31-36 daraja issiq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi.






