AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqarolari Rossiyaga borganidan so`ng 7 kun ichida migrasiya hisobidan o`tishlari shart

'O`zbekiston fuqarolari Rossiyaga borganidan so`ng 7 kun ichida migrasiya hisobidan o`tishlari shart'ning rasmi

Hozirgi vaqtda Rossiya Federasiyasida chet el fuqarolarini migrasiya hisobiga olish umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshirilmoqda: Rossiya davlat chegarasini kesib o`tgan kundan boshlab etti ish kunidan kechikmay kelganlik to`g`risida ma`lum qilish lozim. Bu haqda O`zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti izohida ma`lum qildi.

Shundan kelib chiqib, O`zbekiston fuqarolarini migrasiya hisobiga qo`yish muddati Rossiya hududiga kirgandan boshlab 7 ish kunini tashkil etadi.

Vazirlikning bildirishicha, O`zbekiston fuqarolarini dastlabki ro`yxatdan o`tkazish boshqa xorijliklar kabi 90 kungacha bo`lgan muddatda amalga oshiriladi, ya`ni Rossiyada bo`lishning ruxsat etilgan muddati kelgan vaqtdan boshlab 90 kunni tashkil etadi.

“O`zbekiston fuqarolari 90 kunlik muddat tugashi bilan Rossiya hududini 3 oyga tark etishlari yoki sabab mavjud bo`lgan hollarda vaqtinchalik ro`yxatdan o`tish qaydnomasini cho`zdirishlari lozim”, - deyiladi izohda.

Ilgariroq 2018 yil 25 maydan 25 iyulga qadar futbol bo`yicha jahon chempionati o`tkazilayotgan shaharlarda uch sutka davomida ro`yxatdan o`tkazish tartibi amal qilgan edi.

Migrasiya hisobiga olish muddatlarini buzish Rossiya hududidan chiqarib yuborish, kirishga taqiq qo`yish hamda mintaqaga bog`liq tarzda 2000 rubldan 7000 rublgacha miqdorda jarima solishga olib kelishi eslatib o`tilmoqda.

    Boshqa yangiliklar