AsosiyJamiyat

Samarqandda hindistonlik quruvchilar ishlaydi

'Samarqandda hindistonlik quruvchilar ishlaydi'ning rasmi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov Hindistonning qurilish faoliyati bilan shug`ullanuvchi «Ping Pong Global Limited» kompaniyasi vise-prezidenti Vaxid Alimirzai boshchiligidagi ishbilarmonlarni qabul qildi, deb xabar berdi hokimlik axborot xizmati.

Muloqot chog`ida viloyat rahbari ayni paytda mamlakatimizda ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilayotgani, bunda mahalliy quruvchilar bilan birga xorijlik bunyodkorlar bilan ham hamjihat faoliyat yuritayotganini ta`kidladi. Xususan, viloyatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida xorijlik mutaxassislarning ishtirokidan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

V.Alimirzai ushbu kompaniya 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgani, dunyoning 21 davlatida ma`muriy va madaniy binolar, mehmonxonalar, savdo majmualari, villalar qurib foydalanishga topshirgani, ayniqsa, bozor narxlaridan arzon, ammo sifat jihatdan jahon talablariga javob beradigan imoratlar qurishda katta tajribaga ega ekanini bildirdi.

Tashrif davomida hindistonlik ishbilarmonlar Samarqand shahrida bunyod etilayotgan qurilish ob`ektlari bilan tanishdi.

    Boshqa yangiliklar