AsosiyJamiyat

Amir Temur shoh ko`chasining bir qismi 15 avgustgacha yopiladi

'Amir Temur shoh ko`chasining bir qismi 15 avgustgacha yopiladi'ning rasmi

Poytaxtning Yunusobod tumani Amir Temur shoh ko`chasining Osiyo ko`chasi bilan kesishgan qismidan Toshkent kichik avtomobil halqa yo`l o`tkazgich (ko`prik) qismigacha bo`lgan qismida harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma`lum qiladi.

"Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyuldagi “Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini borishi to`g`risida”gi sayyor yig`ilishi bayoni bilan xorijiy tashabbuskor (Rossiya Federasiyasi) “KB Strelka” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Toshkent seni sevadi” kompleks dasturi va “Dizayn kod” loyihasi asosida poytaxtimiz yo`llarida rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari boshlanadi.

Rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlarining birinchi bosqichini olib borilishi munosabati bilan, qolaversa fuqarolar xavsizligini ta`minlash maqsadida 15 avgust kuniga qadar ushbu yo`nalish bo`yicha harakatlanayotgan barcha turdagi transport vositalarini harakati vaqtincha to`xtatiladi", - deyiladi hokimlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar