AsosiyJamiyat

Deputat o`zbek kinosanoatini tanqid qildi

'Deputat o`zbek kinosanoatini tanqid qildi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilfuza Jalilova o`zbek kinosanoatidagi muammolar haqida o`z fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda «O`zA».

— Keyingi yillarda olingan ayrim kinolarning boshlanishi bilan uning qanday yakun topishi, hatto, qahramonlarining qanday xatti-harakat qilishi-yu hayot yo`llari, umuman, asar syujetini oldindan taxmin qilib bilib olish mumkin, — deydi deputat. — Ishlab chiqarilayotgan kino mahsulotlarining mafkuraviy-badiiy darajasining pastligi, ssenariynavislik, rejissyorlik va aktyorlik ishlarining lozim darajada sifatli emasligi, yoshlar uchun ma`naviy namuna bo`lib xizmat qiladigan badiiy obrazlarning ko`pincha mavjud emasligi yosh avlodni jasorat va qat`iyatlilik ruhida tarbiyalash, «ommaviy madaniyat»ga yot unsurlariga qarshi kurashish kabi milliy kinematografiyaning asosiy maqsadlarini amalga oshirish imkonini bermayapti. Bu, albatta, sohaning taraqqiy etishiga va kino bozorida raqobatbardoshligini oshirishga g`ov bo`ladigan asosiy to`siqlardir.

«Bu kabi omillar o`zbek kinosi saviyasining tobora tushib borishi, jahon kino bozoridagi past mavqeyida yaqqol aks etib, o`zbek brendining dunyoga tanilishida to`siq bo`lmoqda», - deya qayd etgan Dilfuza Jalilova.

    Boshqa yangiliklar