AsosiyJamiyat

Samarqandda qiz tug`ilgan chaqaloq o`lganidan so`ng o`g`il bolaga aylandi

'Samarqandda qiz tug`ilgan chaqaloq o`lganidan so`ng o`g`il bolaga aylandi'ning rasmi

Joriy yilning may oyida Samarqand shahridagi 4-sonli tug`uriq majmuasida antiqa holat qayd etilgan. 23 may kuni tug`uriqqa kelgan 1993 yilda tug`ilgan Go`zal Hakimova farzandli bo`ladi. Shifokorlar ayolning yaqinlariga tug`ilgan farzandi qiz ekanlini bildiradi, deb xabar bermoqda «Daryo».

7 oylik tug`ilgan chaqaloq maxsus bo`limga olinadi va vakuumda saqlanadi. Oradan uch kun o`tib, aniqrog`i 26 may kuni chaqaloq vakuumdan chiqariladi.

Qiziq va achinarli holat 27 may kuni kuzatiladi. Go`zal Hakimovaning turmush o`rtog`iga shifokorlar farzandi o`g`il ekanligini bildiradi. Bu gapni eshitib hayratlangan yigit onasiga qo`ng`iroq qilib, nevarasi o`g`il ekanligini aytadi.

Aynan o`sha kuni tug`ilgan chaqaloq vafot etadi va shifokorlar chaqaloqning egalariga o`g`il farzandni beradi. Ushbu holat bo`yicha Go`zal Hakimovaning yaqinlari mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilgan.

27 may kuni shifokorlar Go`zal Hakimova qiz emas, o`g`il farzand tug`ganligini iddao qilib farzand haqiqatda uniki ekanligini aniqlash uchun DNK tekshiruvidan o`tkazishini so`raydi. Biroq DNK tekshiruvi uchun 2500 AQSh dollari to`lashga imkoni bo`lmagan chaqaloq egalari o`g`il chaqaloqni olib dafn qiladi.

    Boshqa yangiliklar