29 iyuldan 30 iyulga o`tar kechasi YPX tungi patrullash guruhi xodimlari tomonidan aholi tinchiligini buzib, ularning noroziligiga sabab bo`layotgan haydovchilardan bir nechtasi aniqlandi, deb xabar bermoqda Toshent shahar IIBB matbuot xizmati.
Shu kechada shahar bo`yicha avto-mototransport vositalari haydovchilari tomonidan jami 487 ta qoidabuzarlik qayd etilgan.
YPX xodimlari tezlikni oshirib harakatlanib kelayotgan 22 nafar haydovchini to`xtatishgan, ulardan 12 nafari motosiklchilardir. Shundan 3 kishi mast holda mashina boshqargani ma`lum bo`ldi.
Buxoro viloyatidan bo`lgan 33 yoshli A.Otabek (“Hyundai Tiburon” rusumli avtomobil, davlat raqami 01O213OA);
26 yoshli V.Amirsaid (“Mersedes” avtomobili, davlat raqami 01M707LA);
22 yoshli N.Nikita (“Mazda” avtomobili, davlat raqami 01J159OA).
Bundan tashqari, 6 nafar motosiklchining hujjatlari yo`qligi, 2 nafari shlemsiz ekani, 4 nafarida davlat raqam belgisi standartga mos emasligi aniqlandi. Umumiy hisobda 24 nafar haydovchining tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargani, 33 nafari svetofor qizil chirog`i va yo`l belgilariga bo`ysunmagani, 214 nafari xavfsizlik kamari taqmaganligi qayd etildi.
Ularning barchasiga nisbatan ma`muriy bayonnomalar tuzilib, transport vositalari esa jarima maydoniga qo`yildi.






