AsosiyJamiyat

Narx oshsa, 85 foiz to`lov qilganlar qo`shimcha to`lovlarni amalga oshiradimi?

'Narx oshsa, 85 foiz to`lov qilganlar qo`shimcha to`lovlarni amalga oshiradimi?'ning rasmi

"O`zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov ishtirokidagi Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi davom etadi.

Avvalgi xabarimizda “O`zavtosanoat” raisi shu yilning 1 avgustidan mashinalar narxi oshishi haqida rasmiy ma`lumot berganini ma`lum qilgan edik.

Agar 1 avgustdan narx oshsa, ilgari avtomobil xarid qilish uchun 85 foiz to`lov qilgan xaridorlar qo`shimcha to`lovlarni amalga oshiradimi, degan savolga “O`zavtosanoat” raisi izoh berdi:

“Avval to`lov qilgan xaridorlar eski narxlarda avtomashinalarni oladilar. Ular qo`shimcha to`lovni amalga oshirmaslik bilan birga, shartnomada keltirilgan kunda – o`z vaqtida mashinalarini olishadi”, - dedi Sh.Umurzoqov.

    Boshqa yangiliklar