AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov Trampning Milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari bilan uchrashdi

'Abdulaziz Komilov Trampning Milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston delegasiyasining Amerika Qo`shma Shtatlariga rasmiy tashrifiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vashington shahrida AQSh prezidentining Milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari Mira Rikardel bilan uchrashdi, deb xabar berdi O`zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"Joriy yilning may oyidagi O`zbekiston – AQSh oliy darajali uchrashuvlarining yakunlari mazkur suhbatning markaziy mavzusi bo`ldi. Bu esa "O`zbekiston – AQSh: strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi" nomli ikki davlat rahbarlarining qo`shma bayonotida o`z aksini topgani qayd etildi", - deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar, Afg`onistondagi vaziyatning tinchlik holatiga o`tishi imkoniyatlari hamda dolzarb xavf va tahdidlarga qarshi kurashishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, O`zbekiston – AQSh muloqoti va xalqaro kun tartibidagi boshqa asosiy yo`nalishlar yuzasidan fikr almashilgan.

    Boshqa yangiliklar