Bugun, 30 iyul kuni gimnastika qirolichasi, milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi Irina Viner-Usmonova 70 yoshli yubileyini nishonlamoqda.
U 21 yoshida Toshkent shahrida boshlagan sport sohasidagi faoliyatini Rossiyada davom ettirmoqda. Badiiy gimnastika bo`yicha uch karra O`zbekiston chempioni bo`ldi.
Rossiya badiiy gimnastikasi federasiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonovaning shogirdlari bugunga qadar 16 ta olimpiya medallarini qo`lga kiritdilar. Ularning nomi butun dunyoga tanildi: Irina Chashina, Yuliya Barsukova, Lyaysan Utyasheva i boshqalar. Ular o`zlarining murabbiylarini mehr bilan "ona" deb chaqirishadi.






