AsosiyDunyo

G20 mamlakatlari ochlikka qarshi kurash choralarini kuchaytirishga kelishib olishdi

'G20 mamlakatlari ochlikka qarshi kurash choralarini kuchaytirishga kelishib olishdi'ning rasmi

G20 mamlakatlarining qishloq xo`jaligi vazirlari bugungi kunda 815 million kishi ochlik muammosi bilan yuzma-yuz kelganidan xavotirda.

“Katta yigirmatalik” qishloq xo`jaligi vazirlari ochlik va to`yib ovqatlanmaslikka qarshi kurashish bo`yicha birgalikdagi chora-tadbirlarni kuchaytirishga kelishdilar. Buenos-Ayresdagi yig`ilishdan so`ng shanba kuni tarqatilgan qo`shma bayonotda bu alohida qayd etilgan.

“Biz o`zimiz yaratgan xalqaro mexanizmlarni mustahkamlashga, ocharchiliksiz va ozuqa tanqisligisiz dunyoga erishish uchun birgalikda harakat qilish majburiyatini olamiz”, deyiladi hujjatda.

Vazirlar “ochlikdan aziyat chekayotgan odamlar soni ko`p yillar davomida kamayib borib, 2016 yildan esa aksincha keskin orta boshlaganini qayd etishdi. Bugungi kunda ularning soni 815 million kishini tashkil etmoqda. Yig`ilish ishtirokchilarining ta`kidlashicha, “ochlik va to`yib ovqatlanmaslikning turli sabablari bor, ularning aksariyati esa alohida davlatlar chegaralaridan tashqarida”.

    Boshqa yangiliklar