AsosiyJamiyat

Xorazmda 118 yoshli onaxonga biometrik pasport topshirildi

'Xorazmda 118 yoshli onaxonga biometrik pasport topshirildi'ning rasmi

2018 yilning 28 iyul kuni Xorazm viloyati Hazorasp tumani «Bahodir Matirzaev» nomli mahallada istiqomat qiluvchi, 1900 yilda tavallud topgan. 118 yoshni qarshilagan Yoqutjon ona Raximovaga biometrik pasporti topshirilgan.Bu haqda Xorazm IIB axborot xizmati xabar beradi.

Pasport topshirish jarayonida Xorazm viloyati IIB va Xazorasp tumani IIB rahbariyati bevosita ishtirok etib, onaxon va uning oilasiga sovg`a-salomlarni topshirishgan.

"Ko`rsatilayotgan bunday g`amxo`rlik uchun avvalambor Davlat rahbariga qolaversa, bu xayrli ishlarga bosh-qosh bo`lib, jon kuydirib yurgan barcha mutasaddilarga, ayniqsa ichki ishlar xodimlariga minnatdorchilik bildiraman, ularga sog`liq tilab duo qilaman", - dedi Yoqutjon ona Raximova.


    Boshqa yangiliklar