AsosiyDunyo

Kishinyovdan Peterburg tomon parvoz qilayotgan samolyotni yashin urdi

'Kishinyovdan Peterburg tomon parvoz qilayotgan samolyotni yashin urdi'ning rasmi

Kishinyovdan Sankt-Peterburg shahri tomon parvoz qilayotgan Air Moldova aviakompaniyasining samolyotini yashin urdi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Kishinyovdan Sankt-Peterburg shahri tomon parvoz qilayotgan E190 samolyotini havoga ko`tarilganidan keyin parvozning o`ninchi daqiqasida yashin urgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq samolyot orqaga qaytishga majbur bo`lgan. Reys bekor qilingan.

Samolyot erga qo`ngach, yo`lovchilar salonni tark etishgan va ularga kerakli yordam ko`rsatilgan. Samolyot bortida 113 nafar yo`lovchi bo`lgan. Mutaxassislar texnik nosozlikni bartaraf etish uchun bortni tekshirish ishlarini olib borishmoqda.

    Boshqa yangiliklar