Kecha, 27 iyul kuni Namangan shahrida yashovchi T.U.ning uyida yong`in sodir bo`lgan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ammo yong`in oqibatida uydagi somon presslarining 25 kv.m maydoni yonib, zarar ko`rgan va yong`inni o`chirish vaqtida T.U. bilan birga yashagan 4 yoshli nabirasi M.T.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Yong`in kelib chiqish sabablarini aniqlashtirish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






