AsosiyJamiyat

Uyda o`tirgan ayollarga ham mehnat daftarchasi ochiladi

'Uyda o`tirgan ayollarga ham mehnat daftarchasi ochiladi'ning rasmi

Uyida ishlovchi ayollarga ham endi mehnat daftarchasi ochiladi. O`zA xabar berishicha, bu haqda Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Anjumanda respublikamizda 59 ming ayol og`ir ijtimoiy ahvolda kun kechirayotgani, ularni uy-joy, ishsizlik kabi muammolar qiynab kelayotgani takidlandi. O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva nutqida bu muammolarga alohida to`xtalib o`tdi.

— Prezidentimiz ayollar masalasiga oid bir qancha farmon va qarorlarni tasdiqladi. Natijada endi uyda o`tirib mehnat qilayotgan ayollar ham qonuniy mehnat stajiga ega bo`lishi mumkin. Hech qaysi davlatda bunday imtiyoz yo`q. Misol uchun, uyda 20-30 ta tovuq boqib yoki tomorqasida mehnat qilayotgan ayollarga ham mehnat daftarchasi ochish mumkin. Ular uchun 4-7 foizli kreditlar berilmoqda. Yaqinda tizimimizda 11-46 raqamli yagona ishonch telefoni ishga tushiriladi. Og`ir ijtimoiy ahvolga tushgan, kimdir zo`rlik, zo`ravonlik o`tkazayotgan, hayotida qiynalayotgan ayollar mazkur raqamga telefon qilishlari mumkin. Ularga malakali mutaxassislar tomonidan yordam beriladi, murojaatlar muallifi sir saqlanishi kafolatlanadi, — dedi Tanzila Norboeva.

    Boshqa yangiliklar