AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev tibbiyotda zamonaviy menejmentni joriy etish bo`yicha topshiriq berdi

'Shavkat Mirziyoev tibbiyotda zamonaviy menejmentni joriy etish bo`yicha topshiriq berdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 28 iyul kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalini borib ko`rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur gospital o`tgan asrning qirqinchi yillarida qurila boshlagan. Bugungi kunda klinika qariyb 16 gektar maydonni egallagan.

Shavkat Mirziyoev ushbu shifoxona sobiq tuzum loyihasi asosida qurilgani va eskicha tartibda ishlab kelayotgani, bunday zamon o`tib bo`lganini ta`kidladi.

Ushbu gospitalni davlat-xususiy sheriklik asosida ish yuritishga o`tkazish, boshqaruvda zamonaviy menejmentni joriy etish zarur. Shunda daromad ham bo`ladi, sifat ham ta`minlanadi, dedi Prezident.

Shifoxona hududini optimallashtirish, binolarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bu erga xorijiy klinikalar va mutaxassislarni jalb etish bo`yicha topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar