Conde Nast nashriyoti Goop jurnalini yopdi, deb yozmoqda TASS nashri.
Ushbu jurnal noan`anaviy tibbiyotga bag`ishlangan bo`lib, unga amerikali aktrisa Gvinet Peltrou asos solgan.
Jurnalning ikkita soni chop etilgach, nashr yopilgan. Bunga jurnaldagi maqolalarda aniq faktlar keltirilmagani sabab bo`lgan.
Gvinet Peltrou – “Katta umidlar”, “Oshiq Shekspir”, “Iqtidorli mister Ripli” kabi filmlarda suratga tushgan aktrisadir.






