Itlar xo`jayinlarining his-tuyg`ulariga nafaqat munosabat bildirishadi, balki har qanday vaziyatda ham odamlarga yoramga shoshadi, deya yozmoqda RIA Novosti nashri.
AQShdagi Jons Xopkins universiteti olimlari 34 xil turdagi ko`ppaklar ustida tadqiqot olib borishgan. Eksperiment paytida jonivorlarning narigi xonadagi xo`jayinlari yig`lashga tushgan yoki alla aytgan. Shunda itlar jon-jahdlari bilan uch baravar tezlikda eshikni ochishga harakat qilib egalarining qoshiga oshiqishgan.






