Jizzax viloyatining Forish tumanigi “Oqtom” mahallasida yashovchi Qayumovlar oilasida uch nafar egizak qizaloqlar dunyoga keldi. Ularga yaxshi niyatlar bilan Fotima, Zuhra va Zaxro deb ism qo`yishdi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar berildi.
Chaqaloqlarning Onasi Matluba Qayumova muntazam shifokorlar ko`rigida bo`lib, sog`lom turmush tarziga rioya qilganligi sababli farzandlarini sog`lom dunyoga keltirdi. Egizaklarning barchasi sog`lom, shunday bo`lsa-da, ular shifokorlar nazoratida.







