AsosiyJamiyat

Namanganda 7-sinf o`quvchisi ona bo`ldi

'Namanganda 7-sinf o`quvchisi ona bo`ldi'ning rasmi

Bugun uzunquloq gaplar mish-mishlar tez bolalaydigan va asoslimi-asossizligidan qat`iy nazar befarqlarcha uni eshitishga va o`zimizcha mushohada qilishga o`rganganmiz. Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 47-maktabning 7-sinf o`quvchisi farzandli bo`lganligi haqidagi xabarlarga ham munosabat ana shunday bo`ldi, desak mubolag`a emas. Bu ma`lumotni nafaqat milliy, balki ayrim xorijiy OAVlar ham o`zlaricha sharhlashga urindilar. Xo`sh, bu voqea chindan ham bo`lganmi?

Voqea qayd etilgani haqiqat

Surishtiruvlarimizda ma`lum bo`lishicha, chindan ham joriy yilning 6 iyul sanasida Chortoq tumani tug`uruq bo`limida o`sha mish-mishlarga sabab bo`lgan 7-sinf o`quvchisi farzandini dunyoga keltirgan. Go`dak tuman vasiylik va homiylik kengashi nazoratiga olingan. Bevosita javobgarlik ham aynan manna shu kengash zimmasida. Qiz esa ota-onasi javobgarligida. Ismi sir saqlanayotgan qizning otasi qo`shni mamlakatda tirikchilik uchun ishlagani ketgan. Ona esa kunlik yollanma ishlar bilan band. Berilgan ma`lumotlarga qaraganda, qiz o`ta sodda, ishonuvchan. O`z navbatida ota-onalari, kattalar tomonidan biroz nazoratsizlikka yo`l qo`yilgan. Sodir etilgan holat bo`yicha ayni paytda tuman IIB tergov bo`limi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

XTB QANDAY IZOHLAYDI?

Shohista TURG`UNOVA, tuman xalq ta`limi bo`limi mudiri:

— Yuqorida keltirilgan voqea haqiqatan ham kuzatilgani rost. Ammo voqea yuzasidan tarqatilgan ma`lumotlarning aksariyati bo`rttirilgan. Masalan, ayni shu masala bo`yicha tuman o`qituvchilarining ta`tildan chaqirib olingani. To`g`ri, ular chaqirib olindi, ammo bunga bu voqea sabab emas. O`qituvchilarni yoz konsepsiyasi asosida ota-onalar yozgi ta`til kunlarida farzandlarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun amalga oshirgan chora-tadbirlari bilan tanishish, o`quvchilarning o`zlari bilan ham suhbatlashish maqsadida faqat 2 kunga ishga o`z ixtiyorlari asosida jalb etganmiz.

Aynan voqeaga to`xtalishni lozim topmayman. Chunki bu erda yoshlar kelajagi turibdi. Faqat bir ma`lumotni aytishim mumkinki, qiz o`qiydigan maktab rahbari bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan.


Umida QO`ShOQOVA, jurnalist

    Boshqa yangiliklar