25 yoshli argentinalik “Almagro” klubi darvozaboni Fakundo Espindola ko`cha mushtlashuvida halok bo`ldi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Futbolchi do`stlari bilan bouling klubi yonida turganda ko`chadan o`tib ketayotgan mashinadagilar Espindolani haqorat qilishgan. Oqibatda janjal kattalashib, mushtlashuvga aylangan. Oqibatda esa darvozabonning ko`krak qismiga pichoq bilan zarba berilgan.
Darvozabonning qotili sifatida “San-Telmo” klubi o`yinchisi Nauel Ovedo qo`lga olingan.






