AsosiyJamiyat

“Urganch” aeroportida qatnovlar to`xtatildi

'“Urganch” aeroportida qatnovlar to`xtatildi'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi “Urganch” aeroportining yopilishi munosabati bilan aviakompaniya Toshkent-Urganch-Toshkent, shuningdek, Toshkent-Nukus-Toshkent yo`nalishida avvaldan rejalashtirilgan MAK qatnovlariga o`zgartirishlar kiritdi.

Joriy yilning 27-iyul kuni qatnovlar «Nukus» aeroportiga quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.

Mahalliy qatnovlar:

Urganchdan bajariladigan HY055 / 056 yo`nalishidagi qatnovlar «Nukus» aeroportiga amalga oshiriladi.

HY055 - Nukusga uchish 07:45da - Nukusga qo`nish vaqti - 09:30.

HY056 - Nukusdan uchish 20:05da - Toshkentga qo`nish vaqti - 21:40

Nukusga/dan bajariladigan HY011 / 012 qatnovlar bekor qilindi.

* Nukusga HY011dan qatnoviga aviabilet olgan yo`lovchilar soat 07:45da Nukusga HY055 qatnovida jo`natiladi.

* Nukusdan HY012 qatnoviga aviabilet olgan yo`lovchilar Nukusdan Toshkentga HY056 qatnovida soat 20:05da jo`natiladi.

Nukusgadan HY017018 qatnovlari Urganchda to`xtamasdan amalga oshiriladi.

HY017 - Nukusga uchish soat 17:30 da –Nukusga qo`nish vaqti - 19:15

HY018 - Nukusdan uchish soat 19:55 da - Toshkentga uchib kelish vaqti - 21:30

Parvozlar jadvaliga o`zgartirishlar kiritilishi mumkin, yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzur so`raymiz, deya xabar qilmoqda MAK axborot xizmati.

Shuningdek, 2018-yil 27-iyuldagi Urganchdan Moskvaga xalqaro qatnovi Urganch-Moskva yo`nalishidagi HY615/616 qatnovlari Nukus aeroportidan amalga oshiriladi. HY615 - Nukusdan uchish soat 10:30 da – Moskvaga qo`nish soat 12:10da.

HY616 - Moskvadan uchish soat 13:40 da - Nukusga uchib kelish soat 19:05 da.

*Urganch- Moskva qatnoviga aviabiletlarni rasmiylashtirgan yo`lovchilarni «Nukus» aeroportiga avtobusda o`z vaqtida olib borishni ta`minlash maqsadida «Urganch» aeroportiga yuqorida ko`rsatilgan jadval bo`yicha kamida 6 soat oldin kelishingizni so`raymiz.

*Moskvadan Urganchgacha aviabileti bo`lgan yo`lovchilar «Nukus» aeroportiga etib kelgach, Urganch aeroportiga avtobusda olib boriladi.

Shuningdek, 28-29-30 iyul va undan keyingi kunlar uchun rejalashtirilgan qatnovlar bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

MAK rahbariyati «Urganch» aeroportining tez orada ishga tushurilishi uchun barcha choralarni ko`rmoqda.

    Boshqa yangiliklar