AsosiyJamiyat

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ham maxsus sirtqi bo`lim ochildi

'Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ham maxsus sirtqi bo`lim ochildi'ning rasmi

2018/2019 o`quv yilida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bakalavriat bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun sirtqi ta`lim shakli ochildi.

Sirtqi ta`lim shaklida shu yilning o`zida jami 100 nafar talaba o`qishi mumkin. Ma`lum bo`lishicha, qabul qilingan talabalarning 75 nafari o`zbek tilida tashkil etiladigan guruhlarda, 25 nafari rus tilidagi guruhlarda tahsil oladi.

Ma`lumotga ko`ra, tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha), jahon siyosati, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Janubi-Sharqiy Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari ta`lim yo`nalishlarining barchasiga 25 nafardan talaba o`qishning sirtqi ta`lim shaklida qabul qilinadi.

Ma`lumot uchun, sirtqi ta`limda o`qish barcha nomzodlar uchun to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O`zA xabariga ko`ra, hujjatlar 31 iyulgacha qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar