Shoakram Isroilov O`zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligini tark etdi.
Isroilov ushbu lavozimda atigi yarim yil ishladi. Fevral oyida vazir etib tayinlangunga qadar u O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori lavozimida ishlagan.
Hozirda vazirlikni vaqtincha boshqarish vazirning birinchi o`rinbosari Oybek Qosimovga yuklatilgan.
Eslatib o`tamiz, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning farmoni bilan mart oyida tashkil etilgandi.






