25 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida yashagan B.D. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinani “Chimyon” MFYda joylashgan archazor tog`idan pastga haydab tushayotganida boshqaruvini eplay olmay shu erdagi soyga tushib ketgan.
Bu xaqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada avtomashinaning kabina qismida yong`in kelib chiqgan. Haydovchi jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.






