AsosiyJamiyat

Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etiladi

'Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etiladi'ning rasmi

Mazkur markaz Prezidentning joriy yil 24 iyuldagi qaroriga muvofiq “O`zbekkino” Milliy agentligi huzurida tashkil etiladi.

Markaz kinoindustriya sohasining, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar kinokompaniyalarning ijodiy-ishlab chiqarish, texnik va boshqa xodimlarini shartnoma asosida rejissura, prodyuserlik, aktyorlik mahorati, kinooperatorlik, animasiya va boshqa yo`nalishlar bo`yicha qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Nazariy jihatdan tayyorlashni amaliy ishlar bilan integrasiya qilish, kinoindustriya sohasida tajribaga ega malakali o`qituvchilar va mutaxassislarni, shuningdek, xorijiy ekspertlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga jalb qilishda qatnashadi.

Metodik va axborot bazasini yaratish, yaxshilash, doimiy yangilab borish, kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha zarur o`quv qo`llanmalari hamda tavsiyalarini ishlab chiqadi.

Kinoindustriya sohasi xodimlarini xorijiy kinokompaniyalarda qayta tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini tashkil etish, chet ellik hamkorlar bilan yaqin aloqalarni yo`lga qo`yish ushbu markazning asosiy vazifalaridandir.

    Boshqa yangiliklar