AsosiyDunyo

Yuvilmagan mevalarni iste`mol qilgan qizchaning miyasiga yuzlab gijjalar o`rnashib oldi

'Yuvilmagan mevalarni iste`mol qilgan qizchaning miyasiga yuzlab gijjalar o`rnashib oldi'ning rasmi

Yuvilmagan mevalarni iste`mol qilgan hindistonlik qizchaning miyasiga yuzlab gijjalar o`rnashib oldi, deya xabar berdi Daily Mail nashri.

Ismi oshkor etilmayotgan sakkiz yoshli nyu-dehlilik qizaloq avvalboshda kuchli bosh og`rig`ini his etgan. Doktorlarning nafi ham tegmaydi: ahvoli battarlashib, og`riqlar kuchayadi, qizcha yurolmay qoladi.

Oradan yarim yil o`tib, qizchani boshqa shifokorga ko`rsatishgandan so`nggina uning miyasida gijjalar borligi aniqlanadi. Taxminlarga ko`ra, qizcha shunchaki yuvilmagan meva egani tufayli uning ichaklariga gijjalar tushgan ular qon orqali miyagacha etib borishgan.

Hozirda qizaloq kerakli davolanishlardan so`ng yana maktabga qatnamoqda.

    Boshqa yangiliklar