Aviakompaniya o`quv-mashq markazi uchuvchilarni dastlabki tayyorlash o`quv kurslariga tanlov o`tkazilishi munosabati bilan, joriy yilning 6-7 avgust kunlari “Ochiq eshiklar kuni“ tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shunga ko`ra, 27 yoshga to`lmagan, tugallangan oliy texnik ma`lumoti va IELTS sertifikati bilan tasdiqlangan ingliz tilining 6-darajasiga ega bo`lgan yoshlar fuqaro aviasiyasi uchuvchilari uchun dastlabki tayyorgarlik kurslarida ta`lim olish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
O`qish davomiyligi, hujjatlarni qabul qilish va imtihon topshirish muddati, nomzodlar uchun tibbiy va boshqa talablar haqida to`liq ma`lumot olishni istovchilar Toshkent shahar Qumariq ko`chasi 120-uyda joylashgan MAK O`quv–mashq markaziga murojaat qilishlari mumkin.
Sizni “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining O`quv-mashq markazida 6-7 avgust kunlari soat 14:00da kutamiz, deya xabar qilmoqda “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi axborot xizmati.
Markaz hududiga kirish uchun o`zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo`lishi shart.






