AsosiyJamiyat

TATUda kredit asosida o`qitish tizimi joriy etildi

'TATUda kredit asosida o`qitish tizimi joriy etildi'ning rasmi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida va uning filiallarida 2018-2019 o`quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo`yicha o`qitishning kredit tizimi joriy etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Qarorga muvofiq, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida va uning filiallarida 2018-2019 o`quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo`yicha o`qitishning kredit tizimi joriy etildi.

Universitet va uning filiallari tarkibidagi akademik liseylarning ta`lim dasturlari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish asosida matematika, fizika, chet tili va axborot texnologiyalariga oid fanlar chuqur o`qitilishi nazarda tutilgan holda chiqiladi.

Shuningdek, Universitetda fundamental fanlar va muhandislik-texnika fanlari sohalari bo`yicha doktorlik dissertasiyalari himoyalarini o`tkazishga mo`ljallangan ilmiy kengashlar ochiladi.

Eslatib o`tamiz, kredit tizimida talabaning ma`lum o`quv kursini o`zlashtirish darajasi turli mezonlar asosida belgilanadigan ma`lum miqdordagi kreditlar summasini yig`ishiga bog`liq bo`ladi.

Yig`iladigan umumiy kreditlar talabaning darslardagi faol ishtiroki, muayyan o`quv kursi davomida olingan test natijalari, ilmiy izlanishlar, og`zaki va yozma imtihonlar, amaliyot natijalari asosida belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar