Mundial bor-yo`g`i bir oygina davom etsa-da, uning ta`siri to`rt yilga tatiydi. Mana bugun 21-jahon chempionati yakunlanganiga qariyb o`n kun bo`ldi. Biroq uning atrofidagi turli xil yangiliklar to`xtaganicha yo`q.
FIFAning rasmiy sayti foydalanuvchilari tomonidan “Dream team” jamoasi aniqlandi. Unda futbolchilar musobaqadagi samarali ishtirokiga qarab saralandi. Masalan, chempion Fransiya hamda yarim finalchi Belgiyadan ikkitadan futbolchi kiritilgan bo`lsa, chorak finalda ishtirokini yakunlagan Braziliyadan eng ko`p – 3 nafar futbolchi o`rin oldi. Yana to`rtta terma jamoadan bittadan futbolchi muhlislar e`tirofiga sazovor bo`ldi.
Ushbu tarkibni to`g`ri taxmin qilgan muhlislarga chempionat hamkori Hisense dan Ultra HD qimmatbaho televizorlari sovg`a qilindi.
Muhlislarning orzular jamoasi xuddi siz va biz o`ylagandek.
Ovoz berish yo`li bilan aniqlangan tarkibni quyida ko`rishingiz mumkin:
Luka Modric (49%)
Filippe Koutino (45.6%)

Kilian Mbappe (41.1%)

Rafael Varan (31.5%)

Kevin De Bruyne (30.6%)

Xarri Keyn (36.3%)

Tiago Silva (29.3%)

Diego Godin (25.8%)

Krishtianu Ronaldu (25.2%)

Tibo Kurtua (19%)

Marselo (18%)







