«O`ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati raisi Sharifjon Ahmedovich Tursunov facebook’da sahifa ochib, xalq bilan ochiq muloqotga kirishishga, yillar davomida to`planib qolgan muammolarni ijobiy hal etishga va`da berdi. Shuningdek, jamiyat raisi tizim faoliyatiga doir har qanday masalaga ijobiy echim topib, aholining taklif, mulohaza va masalalarini eshitishga doimo tayyor ekanini bildirdi:
— Tildan aytilgan so`z quloqqacha, dildan aytilgan so`z esa, Allohgacha boradi... Haqiqatan ham, Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis palatalari a`zolariga murojaatlari zamiridagi samimiy fikrlar bugun meni Siz azizlar bilan ishonchli va natijador muloqotga chorladi.“O`ztransgaz” AJ tizimida yillar davomida to`planib qolgan muammolar, turmushdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, pirovardida, fuqarolarning roziligiga erishish maqsadida ochilgan bu sahifam o`ylaymanki, ko`nglingizga yo`l topishimga samarali imkoniyat bo`ladi. Gaz ta`minoti borasida qanday fikringiz, taklif va mulohazalaringiz, echimini kutayotgan muammolaringiz bo`lsa, marhamat, ayting.
“O`ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi sifatida, vakolatim doirasida barcha masalalarning ijobiy hal etilishiga yordam berishga tayyorman. Sa`y-harakatlarim ortida nafaqat xonadoningizga iliqlik, qalbingizga nur ham ulasha olsam, demakki, niyatimga etibman, maqsadimga erishibman.






