AsosiyJamiyat

Yirik avtohalokat haydovchi va to`rt yo`lovchi umriga zomin bo`ldi

'Yirik avtohalokat haydovchi va to`rt yo`lovchi umriga zomin bo`ldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanidagi Hayitobod mahallasi hududidan o`tuvchi M-41 avtomobil yo`lining 1572 kilometrida harakat xavfsizligi bilan bog`liq hunuk hodisa sodir bo`ldi.

“VAZ-2106” rusumli davlat belgisi 75 E 482 AA avtomashinasi Qumqo`rg`on – Jarqo`rg`on yo`nalishi bo`yicha harakatlanib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Matiz” rusumli davlat belgisi 75 S 094 JA avtomashinasi harakat yo`nalishiga chiqib ketdi va to`qnashdi. Oqibatda “Matiz” haydovchisi va bir nafar yo`lovchi hamda “VAZ-2106” rusumli avtomashinada bo`lgan uch nafar yo`lovchi olgan jarohatlari sababli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi. Bir yo`lovchi va “VAZ-2106” rusumli avtomashina haydovchisi tan jrohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

O`zA xabariga ko`ra, mazkur voqea yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar