AsosiyJamiyat

Tuxum 200 so`m, go`sht 26 ming so`m. Qaysi bozorda?

'Tuxum 200 so`m, go`sht 26 ming so`m. Qaysi bozorda?'ning rasmi

Haqiqatdan shu narxlarda ushbu mahsulotlar bozorlarimizda sotilmoqda. O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi onlayn tarzda mamlakatimiz bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarni tahlil qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, mazkur ma`lumotlar ishonchli manbalar asosida tuzilgan deyish mumkin, deb yozmoqda O`zA O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi matbuot xizmatiga asosan.

Bozor o`z nomiga mos. Undagi narxlar mahsulot sifati va xaridorlarning talabiga ko`ra o`zgarib turadi.

O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardagi bozorlarda bugungi narx-navolar bilan tanishtirishni davom ettiradi.

Ayni vaqtda yurtimizda pishiqchilik mavsumi bo`lgani uchun, eng avvalo, shakarning narxi bilan qiziqdik. Uning bir kilogrammi 4 ming 200 so`mdan 6 ming 500 so`mgacha bo`lib, Nukus shahar markaziy dehqon bozorida 5000-5500 so`m atrofida, “Siyob” bozorida 6 ming so`mga sotilmoqda. Qarshi shahridagi “Erqo`rg`on” dehqon bozorida 4200-4500 so`mga baholanmoqda.

Xo`jalik sovuni ham ro`zg`or uchun muhim. Uning narxlari ming so`mdan uch ming so`mgacha belgilangan. Misol uchun, Nukus shahar markaziy dehqon bozori, Samarqand shahridagi “Siyob” bozori, poytaxtdagi Mirobod dehqon bozorlarida narx eng baland bo`lsa, Sardoba (Sirdaryo), (Toshkent shahri) Yunusobod dehqon bozorlarida xo`jalik sovunini ming so`mga ham xarid qilishingiz mumkin.

Bozorlarda bir dona tuxumning narxi 650-200 so`m tarzida shakllantirilgan bo`lib, uning eng qimmati Yunusobod va Mirobod (Toshkent shahri) dehqon bozorlari hissasiga to`g`ri keladi. Navoiy shahar dehqon bozorida tuxumni 200 so`mga ham topasiz.

Mol go`shtining narxi kun sayin o`zgarib bormoqda. Shu kunlarda esa 26 ming so`mdan 42 ming so`mgacha baholanmoqda. Mirobod (Toshkent shahri) dehqon bozorida eng baland narxlar kuzatilgan bo`lsa, Nukus shahar markaziy dehqon bozorida 26 ming so`mga sotilmoqda.

Kartoshkaning o`rtacha narxi 1000-1500 so`m bo`lib, uning eng qimmati Nukus shahar markaziy dehqon bozorida ikki ming so`mni tashkil etgan holda, Andijondagi Yangi shahar bozorida 750 so`mga sotilmoqda.

Piyozning bozorlardagi o`rtacha bahosi 800-1500 so`m. Biroq, uning 400 so`mga olmoqchi bo`lsangiz, Farhod (Toshkent shahri) dehqon bozoridan topasiz. Qoraqalpog`istonda esa bir kilogrammi ikki ming so`mga baholanmoqda.

Issiq kunlarda pomidor va bodring eng xaridorgir bo`lib, ularning o`rtacha bahosi turlicha. Misol uchun, pomidorning eng arzoni Andijonda bo`lib, 500 so`m, eng qimmati esa Samarqandda sotilmoqda. Bozorlar kesimida o`rtacha narx ming so`mdan ikki ming so`mgacha ekanligini kuzatish mumkin. Bodring nisbatan qimmatroq bo`lib, uning o`rtacha narxi 2-3 ming. Termiz shahar markaziy dehqon bozorida ming so`mga ham olsangiz bo`ladi. Eng baland bahoni Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida kuzatish mumkin.

    Boshqa yangiliklar