“O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual va Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodekslariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlikka tortish muddatlari qisqartirildi.
Unga ko`ra, jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
- ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – ikki yil (ilgari uch yil);
- uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – to`rt yil (ilgari besh yil);
- og`ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – sakkiz yil (ilgari o`n yil);
- o`ta og`ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – o`n to`rt yil (ilgari o`n besh yil) o`tgan bo`lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shuningdek, agar ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan yoki uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o`n yil, og`ir yoki o`ta og`ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o`tgan bo`lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi belgilandi. Ilgari bu muddatlar barcha toifadagi jinoyatlar uchun yigirma besh yil edi.






