Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida noxush voqea yuz berdi.
22 iyul kuni B.S. yashovchi o`zining “Spark” rusumli avtomashinasini “Beshkent-Qarshi” avtomobil yo`lining 2-km.da haydab ketayotib, yo`lni belgilanmagan joyidan velosipedda kesib o`tayotgan Z.S. va velosipedda birga bo`lgan turmush o`rtog`i Z.Sh. ismli ayollarni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan, deya xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Natijada Z.S. va Z.Sh.lar jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Ko`rilgan choralar natijasida B.S. ushlangan.






