Poytaxtimizda futbol bo`yicha xalqaro «CAFA U-15 championship» musobaqasi start oldi, deb xabar berdi O`FA.
Unda O`zbekiston, Eron, Turkmaniston, Afg`oniston, Qirg`iziston va Tojikistonning 15 yoshgacha bo`lgan terma jamoalari ishtirok etishmoqda.
Musobaqaning dastlabki turida Azamat Abduraimov boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi turkmanistonlik raqiblarni 4:1 hisobida mag`lub etdi.
Tojikiston terma jamoasi futbolchilari afg`onistonlik tengqurlari darvozasiga javobsiz uchta to`p kiritgan bo`lsa, Eron – Qirg`iziston terma jamoalari o`yini 2:0 hisobida forslar foydasiga hal bo`ldi.
Turkmaniston U-15 – O`zbekiston U-15 – 1:4
Afg`oniston U-15 – Tojikiston U-15 0:3
Qirg`iziston U-15 – Eron U-15 0:2
Ertaga, 24 iyul kuni musobaqaning ikkinchi turi doirasida quyidagi uchrashuvlar bo`lib o`tadi:
O`zbekiston U-15 – Tojikiston U-15
Afg`oniston U-15 – Qirg`iziston U-15
Turkmaniston U-15 – Eron U-15






