AsosiyJamiyat

Oliy ta`lim muassasasi yana bittaga ko`payadi

'Oliy ta`lim muassasasi yana bittaga ko`payadi'ning rasmi

Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta`lim muassasasining (Rossiya) filiali tashkil etiladi.

Prezidentning 2018 yil 20 iyulida “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta`lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta`lim muassasasining (Rossiya) filiali tashkil etilib, unda yadro energetikasi va issiqlik fizikasining tarmoq ehtiyojlari uchun ilmiy-texnologik ishlab chiqarish vazifalarini hal etishga qodir bo`lgan muhandis-texnik kadrlar tayyorlanishi belgilandi.

“MMFI” MTYaU filialining ta`lim faoliyati 2019/2020 o`quv yilidan boshlanadi.

Filial bitiruvchilariga “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining (Rossiya) belgilangan namunadagi diplomi beriladi va bu diplom O`zbekistonda oliy ta`lim to`g`risidagi hujjat sifatida tan olinadi.

    Boshqa yangiliklar