Belgiyalik haykaltarosh Xans Op de Bek o`z ijodini bir yo`nalish yoki janrda chegeralashni istamaydi, deb yozmoqda Travelask.ru nashri.
Uning asarlarini bog`lab turgan yagona nyuans bu yaratiqlarning g`aroyib tarzda jonli ko`rinishidir. Siz ushbu haykallarga tikilib, ularning, mana, hozir nafas olishiga va ijodkor ularga “hadya etgan” harakatlarni davom ettirishiga ishona boshlaysiz: qizaloq qo`liga qo`ngan kapalakni yaxshiroq ko`rish uchun egilmoqda, bolakay esa kamondan o`q uzmoqda.














